Program IT
среда, 9 августа 2023 г.
вторник, 8 августа 2023 г.
Dars-5 Dasturlash tili nima?
Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator.
1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yigʻadi.
2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda koʻl boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java, Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.
Dars-4 Dasturlash Turlari va Dasturchi kim?
Kompyuter dasturchisi, baʼzan software developer, koʻpincha esa shunchaki dasturchi — kompyuterlar, EHMlar va aloqa vositlari hamda turli xil texnika qurilmariga „dastur“ yaratuvchi xodimdir.
Ikki dasturchi (1954).
Dasturchining asosiy vazifalari quyidagidan iborat:
Kompyuterlarga dasturiy taʼminot oʻrnatish
Har xil dasturlar yaratish
EHM va kompyuterlar texnigi
Kompyuter qurilmalarini montaj qilish va hk.
Dasturchilik, deb hisoblanuvchi kasblarga misollar:
Dasturchi
Veb-dasturchi
Sistema adminstratori
Developer
C++ dasturchi
IT operator
Flash animator va hokazo.
Dars-3 Texnologiya nima?
Texnologiya (yunoncha techne — sanʼat, mohirlik, uquv) — sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish, ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shugʻullanadigan fan. Har bir sohaning oʻziga xos texnologiyasi boʻladi: kon ishlari texnologiyasi, mashinasozlik texnologiyasi, qurilish texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqalar.
Masalan, qurilish ishlari texnologiyasi bir qancha operatsiyalar yigʻindisidan tashkil topgan: yer ishlari (yerni tekislash, kotlovan va transheyalar kazish); poydevor yotqizish; devor tiklash (gʻisht terish, panel oʻrnatish); antiseysmik belbogʻlar va temirbeton ustunlar ishlash; qavatlararo va tom yopmalarini montaj qilish, tom yopish; elektr, gaz va suv tarmoqlarini oʻtkazish; pardoz ishlari va h.k. Har qaysi operatsiyani oʻziga xos bajarish usullari bor. Mas., pardozlashda avval devor tekislanadi (mayaklar oʻrnatiladi), qora suvoq, keyin toza suvoq qilinadi, soʻngra oqlanadi (boʻyoq beriladi) yoki gulqogʻoz (oboy) yopishtiriladi.
Amalda texnologik jarayonlar qanchalik puxta ishlangan, tavsiya etilayotgan usullar chuqur tajriba va ilmiy yondashuvga asoslangan boʻlsa, tayyorlanadigan mahsulot (avtomobil, bino yoki inshoot va 6.) shunchalik sifatli boʻladi. Texnologiyaning fan sifatidagi roli va vazifasi mahsulot tayyorlashning eng zamonaviy va samarali usullarini yaratishdan iboratexnologiya Fan va texnika rivojlanib borgan sari texnologiya ham yangilanib va oʻzgartirib turiladi. Har qaysi sohada texnologiyani ishlab chiqish uchun texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tipaviy texnologik jarayonlar, standartlashtirilgan jihozlar va uskunalardan foydalanishning yagona tartibi boʻlishi lozim.
Texnologiya mahsulot ishlab chiqarish uchun sanoat protseslarda foydalanuvchi materialning, xom-ashyonining yoki ayrim mahsulotning bichimini, oʻlchamini, hususiyatini, kuyini oʻzgartirish shartlaridan iboratexnologiya[2]
Umumiy sanoat protsesning boʻlagi boʻlib hisoblanuvchi ishlab chiqarish, tashiish, saqlamoq, nazorat qilish haqidagi ish-harakatlar ham texnologiya deb ataladi. Jamiyatning oʻzgarishiga bogʻliq ishlab chiqarishning, hizmatning, oʻqitishning, v.b. turli sohalarga innovatsiya texnologiyasi tushunchasi kirilmoqda. Hozirgi vaqtda texnologiya:
- oldingi qatordagi texnologiya;
- qoldiqsiz texnologiya;
- ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;
- xalqaro standartga mos texnologiya boʻlib boʻlinadi.
Neft, gaz, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa texnologiyalar ishlab chiqarish talablariga mos ravishda ishga oshirilmoqda.
Dars-2 SMM nima?
Social Media Marketing (SMM; Tarjimasi: ,,Ijtimoiy tarmoqlarda marketingʻʻ), mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.[1] Social Media Marketing bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlash ham hisoblanadi. SMM hozirda nafaqat katta kompaniyalar, oʻz bozorlari faollari, balkim, oʻrta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, oʻz mijozlari bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyishmoqda.
PUBG VA FREE FIRE CHIT
Pubg Mobile va Free fire uchun CHI T Ochish
-
Salom barchaga biz uzimizning blogimizni tayyorlab oldik! Endi sizlar bilan It sohasida eng muhim bo'lgan darslarni olib boramiz !Sizdan...
-
<script type="text/javascript" id="cpljs-1ac97ca0-368b-11ee-862f-b7ddc43bac84" src="//locker-cpa.eu/iframeLoade...
-
D1-IT nima? IT (Information technology) – ingliz tilidan olingan qisqartma so’z bo’lib, “Axborot texnologiyalari” degan ma’noni anglatadi. K...